15:27 / 10.10.2019
0
6908

Ishtixon dehqon bozoriga kiraverishdagi sun'iy to‘siq bartaraf etildi

Kun.uz saytida «Ishtixon dehqon bozoridagi yong‘in va o‘t o‘chirishni ta'minlashga monelik qiluvchi to‘siqlar» sarlavhasi ostida Samarqand viloyati Ishtixon tumani markazidagi dehqon bozori hududiga o‘t o‘chirish mashinalarining kirishiga monelik qiluvchi to‘siqlar haqida hikoya qilingan edi.

Ushbu to‘siqlar tufayli bozor hududidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan Umid Mamashev ijarada turgan do‘konga o‘t ketib, chaqiruvga o‘z vaqtida yetib kelgan o‘t o‘chirish mashinalari bozor hududiga kira olmagan.

Biz bu masalada Ishtixon tuman hokimi Shuhrat Negmatov bilan suhbatlashganimizda, tuman rahbari bozor darvozasi oldiga to‘siq bozor hududiga mashinalar kirib, tartibsizlik vujudga keltirishining oldini olish uchun o‘rnatilganini ta'kidlab o‘tgan va bu masalani mutasaddilar bilan yana bir bor o‘rganib ko‘rishini aytgan edi.

Bizga xabar qilishlaricha, Ishtixon dehqon bozoriga avtotransport vositalarining kirishiga monelik qiluvchi sun'iy to‘siq bartaraf etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top