18:41 / 10.10.2019
0
5423
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga rahbar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Elmurat Sidikmatovich Xaitmetov O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Elmurat Xaitmetov (1972 y.t) 2014 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga asosan tashkil etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top