18:14 / 10.10.2019
0
15258
korzinka.uz mahalliy kompaniyalar orasida O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi bo‘ldi

9 oktyabr kuni Toshkentdagi Radisson Blu Hotel mehmonxonasida Davinci management consulting tomonidan «O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi» IV yillik mukofotini topshirish tantanali marosimi tashkil etildi.

Unda «Anglesey Food» MChJ XK kompaniyasi – korzinka.uz savdo belgisi biryo‘la 3 yo‘nalishida mukofotlarni qo‘lga kiritdi:

  • «Mahalliy kompaniyalar orasida O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi»;
  • «Korporativ ta'lim bo‘yicha eng yaxshi dastur»;
  • «2019 yilning eng yaxshi HR-direktori». 

Kompaniyalar faoliyati quyidagi bosqichlar doirasida baholangan edi: 

  • HR-bo‘limi ish samaradorligini baholash-kompaniyaning HR-metrikasi so‘rovnomalarini to‘ldirish;
  • Ichki baholash-ishtirok etuvchi kompaniyalar xodimlari orasida anonim so‘rovnomalarni to‘ldirish;
  • Mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalarining so‘rovnomalari-DaVinci bazasidan tanlangan nomzodlar bilan intervyu;
  • Tanlov natijalari va ovoz berish.

Aytish kerakki, «Anglesey Food» kompaniyasi ketma-ket to‘rtinchi yil mazkur tanlovda faol ishtirok etib, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bu esa uning mehnat bozoridagi alohida o‘rni borligini ko‘rsatib beradi. 

Mazkur tanlov DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan har yili o‘tkazilib, davlat, mahalliy va xalqaro kompaniyalarga ularning O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlaydi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – eng yaxshi ish beruvchini aniqlash va noyob, qiziq amaliyotlarga diqqatni jalb qilish.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top