21:23 / 10.10.2019
0
14096

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidenti bilan uchrashdi

MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Turkmanistonga borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

O‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top