18:20 / 10.10.2019
0
25278

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktabr kuni Ashxobodga yetib bordi.

Oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev kutib oldi.

MDH sammitining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga mo‘ljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top