20:00 / 10.10.2019
0
22082
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga kelgach, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

«Suhbatda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga samarali raislik qilgani bilan tabriklab, tashkilot sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top