13:49 / 10.10.2019
1
17877
«Strause House» kompaniyasidan jabrlanganlar Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishi so‘ralmoqda

«Strause House» MChJ ta'sischisi Ibrohim Isroilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov departamenti «Strause House» MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr ko‘rgan fuqarolardan tergov organiga murojaat qilishlari lozimligi eslatildi.

«Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Strause House» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi

4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda «Strause House» MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalari, shuningdek respublikamizning barcha shahar va tuman IIBlari huzuridagi Tergov bo‘limlarida (bo‘linma, guruh) tergov guruhlari tashkil etilgan.

Agarda siz «Strause House» MChJ mansabdor shaxslarining jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231-46-28 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotida.

Ma'lumot uchun, markazlashgan tergov guruhi Tergov departamentida tashkil etilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 1-uy.

Markazlashgan tergov guruhi rahbari: Tergov departamenti katta tergovchisi Utemuratov Azat Minajovich.

Murojaat uchun telefon: (98) 279-25-80 va (71) 231-41-28.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top