10:19 / 10.10.2019
1
83587

Toshkentda 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ

Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashishayotgani ma'lum qilingandi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi va ularning o‘zi, o‘quvchilar, mahalliy aholi ishtirokida gumonlanuvchining ehtimoliy qiyofasi tuzildi. Hududni tekshirish ishlari olib borildi, natijada PPX xodimlari mavjud oriyentirovka hamda fotosurat yordamida 27 yoshli O.D.ni qo‘lga olishdi. Maktab o‘quvchilaridan biri ushlangan shaxs o‘sha erkak ekanini bildirgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli ota-onalar, sizdan kutilayotgan yoki amalga oshirilgan noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risida ma'lumot bo‘lsa, bu haqda darhol ichki ishlar bo‘limiga, hududiy profilaktika inspektoriga yoki 102 raqamiga xabar berish so‘raladi. Siz ijtimoiy tarmoqlarda yoki turli xil guruhlarda xabarlar yuborish bilan band bo‘lganingizda, qimmatbaho vaqt yo‘qotilishi mumkin, shuni yodda tuting. Shuningdek, sizdan taxminlar va mish-mishlarni qo‘shmaslik hamda shu tariqa aholi orasida vahima qo‘zg‘atmaslikni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top