11:04 / 10.10.2019
0
2805
YeXHT ishtirokchi mamlakatlari doimiy vakillari O‘zbekistonga kelmoqda
Foto: osce.org

2019 yilning 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan 20ta elchi – YeXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur tashrif dasturida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida va Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Diplomatlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining mamlakatda OAV erkinligini ta'minlashning dolzarb masalalari va mazkur sohada olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan «davra suhbati»da ishtirok etish uchun Samarqand shahrida ham bo‘ladilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top