17:20 / 11.10.2019
0
6117
Epsilon va CPTDC kompaniyalari Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda yoqilg‘i slanetslarini o‘zlashtirish loyihasi ustida ish olib bormoqda
Foto: Epsilon

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, 21.05.2019 y. imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi binosida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat geologiya qo‘mitasi raisi B.Islamov, shuningdek, Epsilon hamda XXRning CPTDC (CNPC) kompaniyalari vakillari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda Navoiy viloyatining Sangruntau konidan yoqilg‘i slanetslarini qayta ishlaydigan majmua qurilishi loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Memorandumning birinchi bosqichi bajarilganligi haqidagi yozma xabarnomadan so‘ng, tomonlar uning ikkinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdilar. Uchrashuvda qatnashganlar loyihaning batafsil yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda uni joriy etish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhini tashkil etish haqida kelishib oldilar.

O‘zbekistonda yoqilg‘i slanetslarini qazib chiqarish va chuqur qayta ishlashni nazarda tutgan mazkur noyob loyiha yiliga 1 mln. tonna neft mahsulotlarini, jumladan benzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi va asosiy moylarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Kelgusida esa ushbu loyiha asosida nodir metallar va yoqilg‘i slanetslari kulidan sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top