09:17 / 11.10.2019
0
4060
Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya TIV rahbarlari Ashxobodda uchrashdi

2019 yilning 10 oktabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, madaniy-gumanitar sohadagi almashinuvlarni faollashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmlarini ko‘paytirish borasidagi takliflar ham muhokama qilindi.

Vazirlar mazkur formatdagi uchrashuvlarni doimiy asosda o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top