11:17 / 11.10.2019
0
23871
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yangi tayinlov amalga oshirildi
Bahodir Rajabov/Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan podpolkovnik Bahodir Ma'mirjonovich Rajabov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bahodir Rajabov 2001 yilda oldingi Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. 

U Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini 2018 yilning fevral oyidan beri egallab kelgan. Xizmati davomida qo‘shinlarda qo‘mondonlik lavozimlarida xizmat qilgan.  

Qayd etilishicha, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi shu vaqtga qadar vakant bo‘lib kelgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top