08:33 / 11.10.2019
0
10720

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida bayonnoma imzolandi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 10 oktabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi to‘g‘risidagi shartnomani (2017 yil 10 noyabrda Samarqand shahrida imzolangan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi yorliqlarni almashish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.

Hujjatni, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ham imzoladilar.

TIV xabarida aytilishicha, imzolangan bayonnomaga ko‘ra Bitim 2019 yil 10 oktyabrda kuchga kirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top