09:44 / 12.10.2019
0
5492

9 oyda nechta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 75,6 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,8 mingtaga ko‘pdir.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 72,8 mingta (22,0 %)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 404,0 mingtani tashkil etgan.

2019 yilning 1 oktabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 404,0 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,0 %ga o‘sgan. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 24,8 % savdo, 17,7 % sanoat, 9,2 % qurilish, 7,5 % qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4 % yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9 % tashish va saqlash, 2,0 % axborot va aloqa, 1,9 % sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 26,6 % boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (84 072 ta), Toshkent (42 283 ta), Farg‘ona (35 069 ta), Andijon (32 551 ta) va Samarqand (32 104 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 941 ta), Navoiy (16 037 ta) hamda Jizzax (17 651 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 386,0 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 69,3 mingtaga (21,9 %) o‘sgan. Hududlar kesimida qaralganda, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (80 969 ta), Toshkent (36 842 ta), Farg‘ona (34 615 ta), Andijon (31 221 ta) va Samarqand (30 466 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 189 ta), Navoiy (15 693 ta) hamda Jizzax (16 863 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.

2019 yil yanvar-sentabr oylarida 75 635 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir. 

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (15 022 ta), Toshkent (7 421 ta), Samarqand (6 497 ta), Farg‘ona (6 003 ta), Buxoro (5279 ta), Navoiy (5226 ta), Andijon (4745 ta), Namangan (4641 ta) va Qashqadaryo (4543 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (2 134 ta), Jizzax (3 125 ta), Surxondaryo (3 757 ta), Xorazm (4 098 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 144 ta) korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan. 

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida, eng ko‘pi savdo (27 991 ta), sanoat (15 841 ta), qurilish (7 288 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (5 472 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (1 064 ta), axborot va aloqa (1 298 ta), tashish va saqlash (2 412 ta) hamda boshqa faoliyat turlari (8 858 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi. 

2019 yil 1 oktabr holatiga 325,3 mingta tijorat shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar - 83,3 mingta, oilaviy korxonalar - 24,1 mingta, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 211,0 mingta va boshqalar 6,9 mingtani tashkil etgan. 

2019 yil 1 oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 9 732 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 772 taga yoki 39,8 %ga o‘sgan. Ushbu korxonalarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Koreya Respublikasi hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Bu korxona va tashkilotlarning eng yuqorisi Toshkent shahri (5 778 ta), Toshkent (1 066 ta), Samarqand (500 ta), Farg‘ona (387 ta), Surxondaryo (307 ta), Andijon (286 ta), Buxoro (251 ta) va Namangan (205 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Nisbatan kamlari Xorazm (124 ta), Sirdaryo (146 ta), Qashqadaryo (178 ta), Jizzax (179 ta), Navoiy (182 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (143 ta) to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 4 891 tasi qo‘shma korxonalar, 4 841 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keladi.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 2 511 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 852 taga ko‘paygan. 

Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar (1 350 ta yoki jamidagi ulushi 53,8 %), Toshkent viloyati (224 ta yoki 8,9 %) va Surxondaryo viloyatlari (133 ta yoki 5,3 %) hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (28 ta yoki 1,1 %), Sirdaryo viloyati (39 ta yoki 1,6 %) va Xorazm viloyati (52 ta yoki 2,1 %) hissalariga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top