11:19 / 12.10.2019
0
6191
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i tayinlandi.

Hukumat hujjatiga ko‘ra, Ravshan Erbekovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yilning 11 oktabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;

mineral xomashyodan qimmatbaho metallarni texnologik jarayonlarda, qayta ishlashda kompleks maksimal ajratib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona va tejamli foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish va sotish ustidan nazorat qilish;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

sotishga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini aniqlash va ularga O‘zbekiston Respublikasi davlat tamg‘alari qo‘yilishini ta'minlash.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Umarov Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbari sifatida ishlagan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top