10:26 / 12.10.2019
0
12115

Jarima maydonchasiga joylashtirilgan mashinani chiqarib berish evaziga 1200 dollar olgan shaxs ushlandi

Foto: iStock

Bosh prokuratura Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijalariga ko‘ra qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro M.A. fuqaro J.X.ning spirtli ichimlik iste'mol qilib avtomashina boshqargani uchun YXHB tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan "Damas" rusumli avtomashinasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali jarima maydonchasidan chiqarib berish va hujjatlarni sudga o‘tkazmasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 1.200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bildirilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top