18:25 / 12.10.2019
1
16824

Komil Allamjonov: Jurnalist va blogerlik - hamma narsa mumkin degani emas

Xabaringiz bor, 11 oktabr kuni Samarqanddagi Forumlar saroyida so‘z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasida tajriba almashishni maqsad qilgan, YeXHTning Vena shahridagi ishtirokchi-davlatlar doimiy vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda OAV erkinligi masalalari» mavzusida davra stoli bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xorijlik mehmonlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov, AOKA direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Tadbirda samarqandlik bloger va jurnalist Karimberdi To‘ramurod o‘ziga bo‘layotgan tazyiqlar va tahdidlar haqida gapirib, Agentlik rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi va ulardan himoya so‘radi.

«Jurnalist va blogerlik — hamma narsa mumkin degani emas. Uning ham qonun-qoidasi bor. Lekin barcha qonunlarga va belgilangan etika me'yorlariga rioya qilgan holda ishlasangizu sizga nisbatan adolatsizlik va tazyiqlar bo‘lsa, unda sizni albatta himoya qilamiz», — deb ta'kidladi Agentlik direktori Komil Allamjonov.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top