21:37 / 12.10.2019
4
61692
Turkiya parlamenti deputati Shirin Unal Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan ilk bayonotini berdi

Turkiya xalq vakili, iste'fodagi general Shirin Unal Nodira Qodirova ishi yuzasidan mamlakat parlamentida ilk daf'a izoh berdi.

Hukmron AK partiyasi vakili ko‘ngilsizlik ro‘y bergach, nimalar bo‘lganini jonli efir chog‘ida ochiqladi. Bu haqda Twitter tarmog‘ining Biz10 TV sahifasida ma'lum qilingan.

Video: YouTube

Video: Mover

«Ikki hafta avval xonadonimizda ko‘ngilsizlik ro‘y berdi. So‘zimning avvalida marhumaga Allohdan rahmat tilayman.

Bu bechora qiz yanvar oyida kelgan bo‘lib, 20 yildan buyon to‘shakka mixlanib qolgan bemor rafiqamga qarayotgan ikki xizmatkordan biri edi. Keyingi 2-3 oyda unda ruhiy o‘zgarishlar bo‘layotganini sezib, ikkinchi xizmatchini oldik. Nodira uni ketkazmoqchi edi, o‘zini ketkazdi, Alloh rahmatiga olsin.

Hodisaning 5-daqiqasida politsiya, tez yordam keldi. Ular kelgunga qadar biz kichik qizim bilan u qamalib olib o‘zini o‘ldirgan xona eshigini ochishga urindik. Yelkam hali ham og‘riyapti, afsuski eplay olmadik. 3-4 politsiya xodimi eshikni ochishga urina boshladi va nihoyat ochishdi. Qizni eltgichga qo‘yib tezda shifoxonaga yetkazdilar.

Yarim soatlarda Anqara politsiyasi mudiri yonimizda edi. Bir necha daqiqalardan so‘ng navbatchi prokuror ham yetib keldi. Men har ikkisiga qo‘limdan kelguncha yordam berishimni aytdim.

Oilamizning har bir a'zosi bemor xotinimdan tortib, ikkinchi xizmatchimizgacha, kechaning yarmiga qadar savollarga javob berdik. Prokurorga 15 daqiqa davomida hodisani sizlarga tushuntirayotganim kabi barchasini so‘zlab berdim. So‘ngra prokuror shifoxonaga borib, u yerda ham surishtiruv o‘tkazdi. 

Men deputatlik daxlsizligim borligiga qaramay, barmoq izlarimni topshirdim, porox izlari bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha amaliyotlarini o‘tkazishdi. Alloh hech kimning, sizning ham mening ham boshimizga bunday ko‘rgulikni solmasin», – degan Unalning so‘zlari bilan yakunlanadi videolavha.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Anqara shahar bosh prokurori Yuksel Kojaman Kun.uz muxbiriga intervyu bergan va tergov jarayoni barcha protsessual qoidalarga rioya qilingan holda o‘tkazilishini, tergov jarayoniga kimning general yoki deputat ekani ta'sir ko‘rsatmasligini bildirgan edi

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonlik qiz Turkiya parlamenti deputatining uyida o‘zini otib qo‘ydi. Marhumning akasi politsiya xulosasidan shubhada

Nodira Qodirova ishi. Yaqinlari marhumning zo‘rlanganini taxmin qilayotgan bir paytda prokuror uni fohishalikda gumon qilyapti

Nodira Qodirova ishi. Turkiya parlamentining muxolif deputati Adliya vaziridan 6ta savolga javob talab qildi

TIV: Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida

Huquqshunos: «Ular Nodira Qodirovani fohishalikda ayblash orqali o‘zlarini oqlab olishmoqchi»

Nodira Qodirova ishi bo‘yicha deputatning o‘zi qanday ko‘rsatma bergani ma'lum – OAV

Qodirovaning Turkiyada ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda norozilik kampaniyasi boshlandi

«Nodira Qodirovani o‘ldirishgan degan gaplarning hammasi yolg‘on» – Turkiya ichki ishlar vaziri

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top