23:27 / 12.10.2019
0
13659
Xitoyda uchar likopcha ko‘rinishidagi parvoz qurilmasi prototipi taqdim qilindi

Xitoyning Tyanszin shahrida o‘tgan China Helicopter Exposition 2019 ko‘rgazmasida uchar likopchani eslatib yuboruvchi parvoz qurilmasi prototipi taqdim qilindi.

“Superbuyuk oq akula” deb nomlangan ushbu qurilmaning ilk parvozi 2020 yilda Airshow China 2020 xalqaro aerokosmik ko‘rgazmasida amalga oshiriladi. Bu haqda Global Times nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, parvoz qurilmasining vertikal uchish uchun mo‘ljallangan asosiy rotori 5 metr diametrga ega. Qurilma o‘z ichiga 2 kishini sig‘dira oladi va 650 km/soat tezlik bilan ucha oladi.

Biroq mutaxassislar jangovar vertolyot kabi tasniflanayotgan ushbu qurilmaning istiqboliga shubha bilan qarashmoqda, chunki avval uchar likopchaga o‘xshash parvoz qurilmalarini yaratish bo‘yicha tajribalar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top