19:28 / 12.10.2019
0
12880
Yaponiya sohillariga 60 yil ichidagi eng kuchli bo‘lishi kutilayotgan to‘fon yetib keldi

Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Idzu yarimoroli oxirgi 60 yil ichidagi eng kuchli bo‘lishi kutilayotgan “Xagibis” to‘fonining zarbasini birinchi bo‘lib qabul qildi.

Yaponiyaning meteorologik boshqarmasi bir kishi halok bo‘lgani, 50 kishi jabrlangani va 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma'lum qilgan. 9 mlnga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Kuchli yomg‘irlar va toshqinlar bo‘lishi kutilmoqda, xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.

Ayni vaqtda to‘fon markazidagi shamol tezligi 45 m/soniyani, kuchayganda esa 65 m/soniyani tashkil qilmoqda.

Tabiiy ofat elektr ta'minoti, aloqa liniyalarining izdan chiqishiga va o‘nlab do‘konlar hamda muassasalarning yopilishiga olib kelgan. Minglab aviareyslar hamda regbi bo‘yicha jahon kubogi o‘yinlari bekor qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top