00:01 / 13.10.2019
0
18860
AQShda qurilayotgan mehmonxonaning bir necha qavati qulab tushdi (video)

AQShning Yangi Orlean shahrida (Luiziana shtati) qurilayotgan Hard Rock mehmonxonasining bir necha qavati qulab tushdi. Bino bo‘laklari quruvchilar bilan birga shundoq yo‘lning qatnov qismiga qulagan.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida quruvchilardan bir kishi halok bo‘lgan, 3 nafari bedarak yo‘qolgan va 18 nafari shifoxonaga yetkazilgan.  

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top