10:00 / 13.10.2019
0
18401

Dunyo avtosanoatining eng boy odamlari ma'lum qilindi 

Bill Geyts. Foto: Rick Wilking / Reuters

Bloomberg axborot agentligi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va avtodilerlar aksiyalariga egalik qiluvchi eng boy odamlar reytingini tuzdi.  

Reytingning eng yuqori o‘rnini Microsoft asoschisi Bill Geyts egallamoqda, unga AutoNation avtodilerining 914 mln dollarlik aksiyasi tegishli bo‘lib, bu qiymat Geytsning 105 mlrd dollarlik kapitalining 0,9 foizini tashkil qiladi.

2-o‘rinni Tesla Inc. kompaniyasining ikkinchi eng katta aksiyadori, Oracle asoschisi Larri Ellison egallagan. Unga kompaniyaning 730 mln - 1 mlrd dollarlik aksiyalari tegishli (58,5 mlrd dollarlik umumiy boyligining 1,3 foizi). 3-o‘rinni Tesla bosh direktori Ilon Mask egallagan, unga kompaniyaning 8,3 mlrd dollarlik aksiyalari tegishli (22 mlrd dollarlik boyligining 37 foizi).    

4-o‘rinni qurilish sohasidagi magnat Pallonji Mistri egallagan. U Tata Motors Ltd. hind kompaniyasining 302 mln dollarlik aksiyalariga ega (19,7 mlrd dollarlik boyligining 1,5 foizi). 5-o‘rinni otasi Gebert Kvandtning BMW’ning 8,76 mlrd dollarlik aksiyalarini meros qilib olgan Syuzanna Klatten egallagan (18 mlrd dollarlik boyligining 48 foizi). 

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka BMW aksiyadori Stefan Kvandt (umumiy boyligi14,8 mlrd dollar), Geely Automobile Holding va Zhejiang Geely Holding Group aksiyadori Li Shufu (10,6 mlrd dollar), Continental AG va Schaeffler AG aksiyadori Georg Sheffler (7,99 mlrd dollar), Cox Automotive aksiyadorlari Bler Parri-Okeden (7,84 mlrd dollar) va Jyeyms Kennedi (7,84 mlrd dollar) kirgan.

Ikkinchi o‘ntalikdan kanadalik biznesmen Jyeyms Pattison (James Pattison Group avtodiler, boyligi 6,35 mlrd dollar), amerikalik milliarder Ernest Garsiya (Carvana Co., Drive Time, boyligi 4,93 mlrd dollar), yapon biznesmeni Xiroshi Mikitani (Trust Co Ltd., boyligi 5,87 mlrd dollar), Margaretta Teylor (Cox Automotive, boyligi 5,18 mlrd dollar), Jyeyms Koks Chambers (Cox Automotive, 5,18 mlrd dollar), Ketrin Reyner (Cox Automotive, 5,18 mlrd dollar), malayziyalik milliarder Kvek Leng Chan (Hong Leong Asia Ltd., Hong Leong Industries Bhd., 5,28 mlrd dollar), hindistonlik biznesmen Raxul Bajaj (Bajaj Finance Ltd., Bajaj Auto Ltd., 5,2 mlrd dollar), koreyalik sanoatchi Chon Mongu (Hyundai Motor Co., Hyundai Mobis Co., 4,5 mlrd dollar) va xitoylik milliarder Van Chuanfu (BYD Co., BYD Co Ltd., 4,11 mlrd dollar) o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top