20:15 / 14.10.2019
1
13587

Agrar Universitetning Termiz filialiga yangi direktor tayinlandi

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Abdushukurovich Sulaymonov, Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Chori Raxmonovich Begimqulov va filial professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, shu kungacha Toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovich TDAU Termiz filiali direktori etib tayinlandi», deyiladi xabarda.

Abdug‘affor Safarovich Jo‘rayev 1968 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy, 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, iqtisod fanlari doktori.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top