19:02 / 14.10.2019
0
8713
Metrotelecom kompaniyasi O‘zbekistonda ilk legal xalqaro ITI-IX trafik almashuv markazini ishga tushirdi

Metrotelecom kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida o‘zining birinchi qonuniy xalqaro miqyosidagi ITI-IX trafiklari bo‘yicha ma'lumotlar almashish markazini ishga tushirdi.

Mazkur tizim sharofatidan, yaqin kelajakda foydalanuvchilar qonuniy kontent orqali o‘zlarining sevimli sayt (sahifa)lari va manbalariga tezkorlik bilan kirish imkoniyati va hech qanday kechikishlarsiz foydalanishlari mumkin.

Bu xalqaro internet trafikidagi yukni kamaytiradi hamda manbalar va saytlarni qayta javob berish vaqtini qisqartirish orqali kontentga kirish tezligini sezilarli darajada oshiradi, sababi ko‘plab xalqaro hamkorlarning kontentlari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda, ITI-IX trafiklari bo‘yicha ma'lumotlar almashish nuqtasiga, butun dunyoga taniqli xizmatlar ulangan. 

Bu kontentni yetkazib berish tarmog‘i Content Delivery Network (kontentni yetkazib berish tarmog‘i) texnologiyasi yordamida amalga oshirildi, shu jumladan uning trafik qamrovi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali ham o‘tadi.

CDN texnologiyasi rivojlanishi, foydalanuvchilarga mamlakat ichida sekin ochiluvchi kontentlarni, birinchi manbalar orqali yuqori tezlikda foydalanish imkonini beradi.

Bu o‘zi qanday narsa?

CDN (Content Delivery Network) – bu maxsus texnologiya bo‘lib, foydalanuvchilarga turli geografik nuqtalardan saytning tarkibini olish imkonini yaratadi.

Bu qanday ishlaydi?

Tasavvur qiling, butun O‘zbekiston Respublikasi aholisi foydalanadigan sayt yoki manba. Xizmat ko‘rsatish markazlari Moskva, London, Pekin yoki Nyu-Yorkda joylashgan, ammo foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.

Foydalanuvchi qancha asosiy xizmat ko‘rsatish markazlaridan uzoqda joylashgan bo‘lsa, shuncha tizimdan qayta javob olish vaqti ham uzun bo‘ladi. Oddiy veb sahifani to‘liq ochilishi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Ana edi, CDN texnologiyasi tufayli, har qanday sayt bilan bog‘lanish O‘zbekiston hududidagi eng yaqin serverlarga yo‘naltiriladi.

Metrotelecom korxonasi Bosh direktori Alimov Alimxan so‘zlariga ko‘ra: «Biz Siz bilan, foydalanuvchi va iste'molchilarning kontentlarning tarkibiy tuzilishlariga va undan foydalanishga bo‘lgan talablari oshib borayotgan bir asrda yashayapmiz. Kontent tobora sifatli bo‘lib borishi bilan bir qatorda yuklanishi qiyin bo‘lib bormoqda.

Biz, o‘z tarkibiga 80%dan ko‘proq xalqaro trafiklarni qamrab olgan, birinchilardan bo‘lib xalqaro miqyosidagi qonuniy ITI-IX trafiklari bo‘yicha ma'lumotlar almashish tizimini yaratdik. Eng muhimi, resurslarga javob berish vaqtini qisqartirish orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida internet tezligi va unga kirishni oshirish imkonini berdi.

ITI-IX trafiklari bo‘yicha ma'lumotlar almashish xalqaro tizimi bizga, mamlakatimiz hududida bir qator imkoniyatlar va afzalliklarni beradi:

  • Bu cheksiz yuqori global internetni;
  • Noyob va qonuniy kontentdan foydalanishni;
  • Har qanday sayt va manbalarni ochish tezligini.

Bu o‘z navbatida, internet video orqali xizmatlarni taqdim etish usullarini rivojlantirishga zamin yaratishi va mahalliy internet bozorini rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Umuman olganda, Metrotelecom korxonasi doimiy tarzda xalqaro hamkorlar va kontent operatorlari sonini oshirib borish bo‘yicha ish olib boradi.»

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top