20:29 / 14.10.2019
1
11628
Nuqul shoshilaversangiz, mo‘jizani ko‘zdan qochirishingiz mumkin – kishini o‘ylantiruvchi fikrlar

Ba'zida birgina jumla kishini chuqur o‘yga toldiradi. «Miya uchun fitness» portali keltirgan shu kabi fikrlardan bir nechtasini o‘qib, hayotning turli jihatlariga o‘zga rakursdan yana bir bor razm solamiz.

Ayrim narsalarni qo‘yib yuborishni o‘rgan – baxtning siri ana shunda. (Budda)

Farzandlaringni tarbiyalama, chunki ular baribir senga o‘xshaydilar. O‘zingni tarbiyala. (Ingliz maqoli)

Har qanday depressiyani tabassum bilan qarshi oling. Depressiya sizni aqldan ozgan deb o‘ylab, qochib ketadi. (Robert de Niro)

Barcha insonlar baxt keltirishadi. Ba'zilarning yoningizda, boshqalarning sizdan uzoqda ekanliklari baxtdir...

Quchoqlash – borish uchun eng yaxshi sabab.

Yangi joylarni kashf qilish uchun eski qirg‘oqlardan uzilishdek jasurlikka ega bo‘lish lozim.  (Andre Jid)

Nuqul shoshilsangiz, mo‘jizani ko‘zdan qochirishingiz mumkin. (Lyuis Kerroll)

Xotirjamlik – kuchning oliy darajada namoyon bo‘lishidir. 

Hayot arg‘imchoqqa o‘xshaydi. Gohida zavqlanasan, gohida ko‘ngling ayniydi.

Mehr-muhabbat bilan tarbiyalangan bolalar katta bo‘lgach, o‘zgalarni seva oladigan insonlarga aylanishadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top