20:28 / 14.10.2019
1
9897

Poligonda harbiylar tungi va kunduzgi otish mashqlarini o‘tkazdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar qurol ishlatish texnikasi, qisqa masofadagi janglarda innovatsion tarzda qo‘llab kelayotgan uslublari, mashg‘ulotlar chog‘ida tezkorlik va aniqliklariga, ruhiy holatining barqarorligiga e'tibor qaratdi.

Nazvaniye

«Yig‘in», «Trevoga» signali bilan ko‘tarilgan guruh tarkibidagi harbiy xizmatchilar sanoqli daqiqa ichida barcha tegishli qurol-aslaha va moddiy-o‘quv vositalar bilan dala-o‘quv maydoniga ravona bo‘ldi.  

Yengil zirhlangan «M-ATV» harbiy texnikasi otish maydoniga yetib keldi. Guruh shaxsiy tarkibi belgilangan o‘quv-mashg‘uloti rejasiga ko‘ra kunduzgi otish mashg‘ulotlari davomida birin-ketin PM, AKS, PKM, KPVT, RPG-7d kabi jangovar qurollardan nishonlarga qarata o‘q uzarkan, amaliy mashg‘ulotlar davomida tobora sayqallanib, kemtigi to‘ldirilib kelinayotgan innovatsion-taktik imkoniyatlarining nechog‘liq ustuvor ekanligini namoyish etdi.

Nazvaniye

Ushbu zamonaviy majmuaviy mashg‘ulotlar mobaynida harbiy xizmatchilar juftlik, uchlik va oltilik guruhlarda tezkor harakat qilib, bir-birlarining xavfsizligini ta'minlagan holda, nishonlarni yo‘q qilishadi. Ehtimoliy o‘qning talofatiga duchor bo‘lmaslik uchun hurbiy xizmatchilar hududdan kelib chiqib, shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash, otish holatida turli chap beruvchi usullarni qo‘llash, o‘qdon almashtirish chog‘ida jangovar birodarlik taomiliga ko‘ra o‘z quroldoshi bilan pozitsiya almashish kabi amaliyotlarni bajardi.  

Nazvaniye

Jangovar juftlik va uchlik guruhlarida 9 millimetrdan 7,62 millimetr kalibrli jangovar qurollargacha qo‘llangan bo‘lsa, jangovar oltilik guruhi yengil zirhlangan «M-ATV» harbiy texnikasida ma'lum masofadan shartli jang o‘chog‘iga kirib kelindi. Bunda harbiy xizmatchilar tezkor harakat davomida pozitsiya egallab, «M-ATV»ning tom qismida katta kalibrli KPVT quroli «soya»sida belgilangan hududga yorib kirdi. Nishonlarga jiddiy zarba berilgach, shartli garovga olinganlar va yaradorlar evakuatsiya qilindi. 

Nazvaniye

Besh yuz metrgacha bo‘lgan masofada quruqlik va havodagi nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan tankka qarshi qo‘l granatamyoti RPG-7D vositasida katta serjant A.Namozov va kichik serjant F.Qurbonov yakka va juftlik tartibida «A» va «B» nishonlariga navbatma-navbat o‘t ochishdi. Poligon, tun-u kun kechadigan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan so‘ng harbiy xizmatchilar gulxan atrofida qalblaridagi Vatan ishqi-yu yurtdoshlar tinchligi, do‘stlig-u sadoqat, sog‘inch-u muhabbat kabi go‘zal tuyg‘ularini parvarishlaydi.

Nazvaniye

Ayniqsa, Vatan haqidagi qo‘shiqlarni harbiy xizmatchidan eshitish kishiga benihoya zavq bag‘ishlaydi», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top