23:22 / 14.10.2019
0
30598
Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li surati birinchi bor e'lon qilindi  

Qozog‘istonlik siyosatchi  Yerbol Yedilov o‘z Telegram-kanalida prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning o‘g‘li surati bilan bo‘lishdi. Ta'kidlanishicha, ushbu surat Qozog‘iston prezidenti o‘g‘li Timur Toqayevning ilk e'lon qilingan surati hisoblanadi.

Ochiq manbalardan ma'lum bo‘lishicha, Timur Toqayev Qozog‘iston prezidentining yagona o‘g‘li hisoblanadi. Yedilovning ta'kidlashicha, Timur 2009 yilda “Qozog‘iston Respublikasining G‘arbga nisbatan strategiyasi” mavzusida dissertatsiya ishini himoyalagan va otasi kabi siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. Timurning yoshi 35 da bo‘lib, neft sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Timur Toqayev

Shuningdek, u o‘z bobosi Kamol Toqayev nomidagi xayriya jamg‘armasini boshqaradi. 

Ta'kidlanishicha, Qosim-Jo‘mart Toqayev rafiqasi bilan ajrashgan bo‘lib, bu ma'lumot Qozog‘iston prezidentining tarjima holida ko‘rsatib o‘tilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top