15:43 / 14.10.2019
0
15496

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga keldi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari 15 oktyabrga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Bokuga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top