17:53 / 14.10.2019
0
4181
Sifatli kabel va mis mahsulotlari kafolati - ProCab 7 yoshda

O‘zbekistonda kapital qurilish bozori tobora rivojlanib borayotgani sifatli kabel va sim mahsulotlariga bo‘lgan talab ortishiga olib keldi. Har bir o‘zini hurmat qilgan quruvchi yoki tashkilot, yoxud xaridor bunday mahsulotni bozordan qidirar ekan, ishlab chiqaruvchi nomiga ham e'tibor qaratishi, uning bozorda va mijozlari orasida naqadar ishonchga sazovor bo‘lganiga diqqat qilishi shubhasiz.

2012 yilda tashkil etilgan ProCab o‘zbek-britan qo‘shma korxonasi ayni yuqoridagi talablarga javob bera oladigan ishlab chiqarish quvvatlaridan biri bo‘lib, ichki va tashqi bozorda kabel-o‘tkazuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirishni maqsad qilgan. Bugungi kunda Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan ProCab zavodi 14 gektar maydonni egallab, kompaniya tashkil etilganidan buyon zavod modernizatsiyasi uchun 40 mln dollarga yaqin sarmoya kiritildi. Bugungi kunda kompaniya 350dan ortiq ish o‘rni yaratgan.

Kabellar va o‘tkazgichlar, simlarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni 5 qism: eritish, kiryalash, cho‘zish, qadoqlash va ekstruderlashdan iborat. Mis o‘rama – bu asosiy xom-ashyo bo‘lib, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Korxonada UPCAST (Finlyandiya) kompaniyasining zamonaviy uskunalari yordamida uzluksiz kislorodli quyish usulidan foydalaniladi. Mis simlarni cho‘zish jarayoni esa NIEHOFF (Germaniya) kompaniyasi uskunalari yordamida amalga oshiriladi.

Ko‘psimli kabelni ishlab chiqarishda eng ko‘p texnologik jarayon bir necha sim arqonlarini bir vaqtning o‘zida maxsus mashinalar orqali ko‘psimli o‘rish amalga oshirilishidir. Simlar aralashtirilgach, o‘rash qismiga kelib tushadi. Bu bosqichda misli va alyuminiyli simlar g‘altakka o‘raladi. So‘ngra, g‘altak ekstruder sexiga kelib tushadi. Bu yerda PVX plastikat yoki polietilenli qoplamali qobiq o‘raladi. Qobiq ikki usulda: siqish usuli orqali yoki siqmasdan o‘ralishi mumkin. Simlarni mexanik zarardan asrovchi va yong‘inga chidamlilik beruvchi qoplama izolyatsiyada bo‘lgani kabi ekstruziya usulida qoplanadi. 

Qoplama yuqori haroratli o‘tkazgichlarda fiksatsiya qilinadi va suvli vannadan o‘tadi. Simlar va kabellarga yozuvlarni tushirish maxsus printer orqali qoplamani o‘rash bilan barobar bajariladi. Shundan so‘ng, kabellar omborxonaga topshirish uchun tayyorlanadi. Kabellarni o‘rash, qadoqlash amalga oshiriladi.

Kabellar va simlarni ishlab chiqarishda sifat nazorati eng muhim omillardan biridir. Zavod huzuridagi sifatni nazorat qilish texnik bo‘limi mustaqil laboratoriya hisoblanadi.

ProCab laboratoriyasida 2 mingdan ortiq turli o‘lcham va hajmdagi kabellar va simlar namunalari davlat standartlariga mosligi qat'iy ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Umuman, ishlab chiqarishning har bir bosqichida 14 martagacha turli tekshiruvlar belgilangan.

Qayd etish zarur, ProCab brendi kabel va simlari  mahalliy va xalqaro ISO 9001:2015 sifat menejmenti sertifikatiga ega. Qo‘shma korxona o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonning Tashkent City qurilish maydoni, O‘zbekenergo, NTMK, «O‘zbekiston Temir Yo‘llari», Bekobod Metallurgiya Kombinati, Trest 12, Enter Engineering, Hyundai Engineering, Artel, Humo Arena, UMS, Murad Buildings, Golden House, Discover Invest kabi firma va kompaniyalariga yetkazib beradi.

Bundan tashqari, mahsulotlarning ko‘pgina qismi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Ozarboyjon, Gruziya, Turkiya, Yaqin Sharq va Yevropaga yuboriladi. Endilikda, raqobat jiddiy bo‘lgan Amerika bozoriga kirish ham rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda zavod – sohaning mahsulot sifati bo‘yicha tan olingan yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Mahsulotlar soni 2000 dan ortiq va sifati bo‘yicha mahalliy va yaqin xorij mamlakatlarda ishlab chiqilgan mahsulotlar bilan bemalol raqobat qila oladi.  

ProCab qo‘shma korxonasi tashkil etilishida asosiy qadriyatlardan iborat poydevor qo‘yilgan bo‘lib, 7 qadriyatdan iborat kompaniya falsafasi iste'molchilar va kompaniyani bir oilaga birlashtirishni nazarda tutadi. Uning oliy maqsadi esa mijozlarni yaxshiroq anglash va ularning har qanday talabini bajo keltirishdir.

Shu bilan birga, kompaniyaning eng qadrli sarmoyasi – qimmatli xodimlari hisoblanadi. Chunki, muvaffaqiyat har bir jamoa a'zosining o‘z ishini qanchalik samarali bajarishiga bog‘liqligini yaxshi anglaydi. Bundan tashqari, kompaniya xodimlarining xavfsiz va samarali ishlashi, professional o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Mahsulotning yuqori sifati sohaning yuqori standartlariga javob beradi.

Kompaniya xavfsizlikni diqqat markaziga qo‘yar ekan, to‘plangan tajriba va bilimlarni tahlil qilib, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish yo‘lida foydalanadi. Qolaversa, zamonaviy talablarga mos kelish hamda sohani bugun va kelajakda rivojlantirish uchun innovatsiyalarni joriy qilib kelmoqda.

Kompaniya mahsulotlarining yuqori sifatini kafolatlash barobarida hamkorlar va mijozlar bilan eng yaxshi munosabatlarni barpo qilgan holda uzoq muddatli hamkorlikni ta'minlab kelmoqda. Maqsad esa bitta, u ham bo‘lsa jamiyat farovon bo‘lishi, mamlakat taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan borishi uchun insonlar turmushiga ijobiy ta'sir qilish, ularni birlashtirishdir.

Kompaniya tashkil etilganligining 7 yilligi munosabati bilan, 2019 yil 11 oktabr kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasining «Amir Temur» anjumanlar zalida ProCab uchinchi yillik anjumani bo‘lib o‘tdi. ProCab 2019 tadbiriga O‘zbekiston Respublikasi energetika sanoatining yetakchi ekspertlari va kompaniya mijozlari taklif etildi. Tadbir doirasida ProCab XK MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kompaniya taqdimoti o‘tkazildi va uning faoliyatidan hikoya qiluvchi videorolik ham namoyish etildi.

400 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan anjumanda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, maxsus tanlov o‘tkazildi va g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar tortiq qilindi. Tadbirning yakuniy qismida kompaniyaning O‘zbekiston bozorida 7 yildan buyon faoliyat yuritayotgani munosabati bilan tort kesish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumandan so‘ng ishtirokchilarga furshet uyushtirildi.

Qo‘shimcha ma'lumot  uchun:

Telefon: +99871 257 60 00  
Sayt: www.procab.uz
Instagram: @procabuz
Facebook: @procab.uz
LinkedIn: joint-venture-procab-llc
Telegram: @procab_bot

ProCab – energiyaning ishonchli o‘tkazuvchisi!

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top