14:44 / 14.10.2019
0
7274

Toshkent viloyatining yana to‘rtta hududida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish punkti ochildi

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyatining yana to‘rtta hududida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish punkti ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu paytgacha bunday bo‘lim viloyatning 8 ta hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Fuqarolarning talab va istaklaridan kelib chiqib, Angren, Bekobod, Nurafshon shahri va Bo‘stonliq tumanida ham xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish (ma'lumotlarni yig‘ish) punkti ish boshladi va barcha zarur texnik vosita, qurilma bilan ta'minlandi. 

Ayni paytda quyidagi joylarda chet elga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish ishlari olib borilyapti:

1. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Qibray tumani aholisiga;

2. Chirchiq shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Chirchiq shahri aholisiga;

3. Yangiyo‘l shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumani aholisiga;

4. Oxangaron tumani IBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Ohangaron tumani, Ohangaron shahri va Olmaliq shahri aholisiga; 

5. Bo‘ka tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Bo‘ka va Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisiga;
 
 6. Zangiota tumani IIB MvaFRBda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Zangiota va Toshkent tumanlari aholisiga;

7. Yuqori Chirchiq tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
 - Yuqori Chirchiq va Parkent tumani aholisiga;

8. Chinoz tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
 - Chinoz va Quyi Chirchiq tumani aholisiga;

9. Nurafshon shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- O‘rta Chirchiq, Piskent tumanlari va Nurafshon shahri aholisiga;

10. Bekobod shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Bekobod shahri va Bekobod tumani aholisiga;

11. Angren shahar IIB binosida
- Angren shahri aholisiga;

12. Bo‘stonliq tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi binosida
- Bo‘stonliq tumani aholisiga;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi.

Mazkur xizmat dam olish kunlarisiz amalga oshiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top