18:24 / 14.10.2019
3
50067

Un va non sotib olish bo‘yicha oylik pul kompensatsiyasi miqdori o‘zgardi

Foto: iStock

Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasini quyidagi miqdorlarda belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi:

yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, shuningdek, belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchi har bir pensiya oluvchiga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi - 50 ming so‘m;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi oilaga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi - 50 ming so‘m.

Belgilanishicha, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalarga hamda belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilarga ham 50 ming so‘m miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi joriy etiladi hamda ularning nafaqa va pensiyalari miqdori 50 ming so‘mga ko‘payadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan pul kompensatsiyasi pensiya va nafaqalar to‘lanishi uchun mas'ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va qayd etilgan pensiya hamda nafaqalar bilan bir vaqtda to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2019 yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning un va qolipli non xarid qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini qoplash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratadi;

bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar hamda belgilangan yoshga doir pensiyaning eng kam miqdorida pensiya oluvchilariga har oylik pul kompensatsiyasi oktabr oyi uchun qayta hisob-kitob qilinib noyabr oyida to‘lanishini ta'minlaydi;

2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutadi.

Quyidagilar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining shaxsan javobgarligi belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik sub'yektlarining, birinchi navbatda qolipli non ishlab chiqaruvchi va unning chakana savdosi bilan, ayniqsa, respublikaning chekka hududlarida unning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy unni sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga imkoniyat yaratish va ularning ushbu savdolarga jalb etilishini ta'minlash;

barcha aholi punktlarida iste'molchilarga un va qolipli nonning uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash;

aholining ehtiyojmand qatlamlarining un narxi erkinlashtirilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun berilayotgan pul kompensatsiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top