18:13 / 15.10.2019
0
2969

Berlinda diqqatga sazovor maskanlarni terrorchilardan himoya qilish rejalashtirilmoqda

Foto: REUTERS

Berlinda 18ta turistik obektni terrorchilarning ehtimoliy hujumlaridan himoyalash uchun qayta jihozlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Berliner Morgenpost xabar berdi.

Bu maskanlarning aksariyati shahar markazida joylashgan. Masalan ro‘yxatdan Gumboldt Forumi va Brandenburg darvozasi atrofidagi maydonlar, Aleksanderplats, Jandarmenmarkt o‘rin olgan. 

Nashrning yozishicha, gap siyosiy yoki ramziy ma'noga ega turistik maskanlar haqida bormoqda.

Ma'lumot berilishicha, barcha maydonlar uchun bir xil qaror qabul qilinmaydi. Misol uchun, Aleksanderplats va Brandenburg darvozasi atrofida avtomobillarning katta tezlikda harakatlanishini cheklaydigan to‘siqlar qo‘yiladi. Ko‘chalardagi o‘rindiqlar, transport yo‘nalishi o‘zgartiriladi.

Xavfsizlikni ta'minlashda Yevropaning boshqa shaharlaridan andoza olish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top