18:35 / 15.10.2019
2
80879

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi Davut Gazi Benli Facebook'dagi sahifasida O‘zbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining bugun, 15 oktabr kuni Bokudagi uchrashuvidan ba'zi suratlarni e'lon qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarboyjon poytaxtiga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida qatnashish uchun kelishgan.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimi taqdim etgan suratlarda Mirziyoyev va Erdo‘g‘an quyuq salomlashib, ochiq kayfiyatda suhbat qurayotgani, norasmiy davrada mezbon Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jyeyenbekov ham borligini ko‘rish mumkin.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Boku sammiti kun tartibidagi masalalar bo‘yicha takliflarini bildirgani xabar qilingan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top