19:52 / 15.10.2019
0
3384

Marokash sohil qo‘riqlash xizmati O‘rta Yer dengizida 300dan ortiq muhojirni qutqardi

Foto : AP / Bram Janssen

Marokash qirollik dengiz flotining sohil qo‘riqlash xizmati O‘rta Yer dengizida 329 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib MAP agentligi xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, sohil qo‘riqlash otryadlari 10-13 oktabr kunlari O‘rta Yer dengizida Yevropaga qayiqlarda yetib bormoqchi bo‘lgan jami 329 nafar noqonuniy muhojirni qutqargan. Qayd etilishicha, ular orasida 49 nafar ayol va ko‘plab bolalar bor.

Qayd etilishicha, ularning aksariyati Afrika janubidan kelganlardir. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, qutqarib olingan muhojirlar zarur tibbiy yordamni olishgan va Marokashdagi Tanjyer, al-Husayma, an-Nazur va Ksar as-Segir portlariga olib borilgan.

Yil boshidan buyon Ispaniyaga O‘rta Yer dengizi orqali qariyb 8 ming muhojir yetib borgan, 137 kishi halok bo‘lgan. Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali 1 yanvardan 1 mayga qadar 16 806 kishi kelgan, 410 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top