14:44 / 15.10.2019
0
3282
Olmazorda yosh bolaning gugurt o‘ynashi yong‘inga sabab bo‘ldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 13 oktabr kuni soat 12:29da Toshkent shahar Olmazor tumani Oxunboboyev mahallasi Moyariq 2-tor ko‘chasi 30-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borgan. 

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 12:54da o‘rab olinib, soat 13:07da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyi yerto‘lasining 40 kv. metr maydonda shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan uyning 300 kv. metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - nazoratsiz qoldirilgan yosh bolaning gugurt o‘ynashi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top