17:36 / 15.10.2019
0
2894
Pekin AQSh bilan savdo kelishuvining birinchi qismi bo‘yicha murosaga erishilganini ma'lum qildi
Foto: REUTERS

Xitoy va AQSh savdo muzokaralarining so‘nggi bosqichi natijalariga ko‘ra bilan savdo kelishuvining birinchi qismi bo‘yicha murosaga erishdi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Gen Shuan ma'lum qildi.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralarining navbatdagi bosqichi o‘tgan payshanba va juma kunlari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra AQSh ma'muriyati Xitoy mahsulotlariga 15 oktyabrdan boj kiritilishini ortga surishga qaror qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kelishuvining birinchi qismi Chilida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati sammitida imzolanishi mumkinligini aytdi. 

Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Stiven Mnuchin esa kelishuv intellektual mulk, moliyaviy xizmatlar, AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish masalalarini qamrab olishini bildirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top