00:38 / 15.10.2019
0
13670
Qoraqalpog‘istonda poyezd mashina bilan to‘qnashib ketdi 

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 13 oktabr soat 16:35da Nukus-To‘rtko‘l temir yo‘lining 693-kmida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan poyezd temir yo‘l izlariga chiqib ketgan “Nexia” avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.   

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Poyezd soat 16:52da harakatini davom ettirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top