00:01 / 16.10.2019
0
23010
JCh-2022 saralashi. Eron kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi, Qatar Ummonni yengdi

S va Ye guruhlaridagi o‘yinlar bilan Osiyo qit'asida JCh-2022 saralash bosqichining navbatdagi turi yakunlandi.

O‘tgan turda 14:0 hisobida g‘alaba qozongan Eron kutilmaganda Bahraynga yutqazib qo‘ydi.

Bo‘lajak jahon chempionati mezboni hisoblangan, saralashda shunchaki o‘yin amaliyoti ega bo‘lish uchun qatnashayotgan Qatar o‘z uyida Ummonni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

JCh-2022 saralashi, 4-tur
15 oktabr
S guruhi

Bahrayn – Eron 1:0
Gol: Al-Hardan (66, penalti).

Kambodja – Iroq 0:4
Gollar: Bayish (22), Kadhim (41), Atvan (57), Al-Qafajye (62).

Ye guruhi

Qatar – Ummon 2:1
Gollar: Afif (2), Almoz (71) – Al-Alavi (64).

Hindiston – Bangladesh 1:1
Gollar: Alil Han (88) – Uddin (41).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top