12:03 / 16.10.2019
6
15109
Kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyati yaratilishi mumkin

Kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyatini yaratish taklif etildi.

Foto: Pinterest

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida kommunal to‘lovlarning barchasini bir joyda to‘lash imkoniyatini yaratish haqida petitsiya joylashtirildi.

Bildirilishicha, aholi tomonidan kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq suv va issiqlik energiyasi haqi)ga to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish kerak. 

Qayd etilishicha, fuqarolarning ish kunlari kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun vaqt ajrata olmasligi, to‘lovlarni qabul qiluvchi tashkilotlarning bir-biridan uzoq joylarda joylashganligi, u yerlardagi navbatlarning ko‘pligi va shunga o‘xshash boshqa sabablar tufayli kommunal to‘lovlarni to‘lashda noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda dehqon bozorlari, savdo komplekslari yoki boshqa turdagi aholi ko‘p bo‘ladigan joylarda kommunal to‘lovlarning barchasi uchun haqni bir joyda to‘lash imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top