22:24 / 16.10.2019
0
3826
Namangan viloyatida xorij pasportlarini berish punktlari 5taga yetkazildi 

Shu paytga qadar xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun Namangan viloyati IIB MvaFRB, Namangan shahar IIO FMB MvaFRB hamda Chust tumani IIB MvaFRBda ma'lumotlarni yig‘ish punktlari faoliyat yuritayotgan edi.    

Hozirgi kunda xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaatlarni ko‘payib borayotganligi inobatga olinib, shuningdek aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Pop tumani, Norin tumani va Uychi tumani IIB MvaFR bo‘linmalarida ham ma'lumotlarni yig‘ish punkti tashkil etildi. Yuqorida qayd etilgan punktlar quyidagi tumanlar aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Namangan viloyati IIB MvaFRB ma'muriy binosida:
-  To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlari aholisiga

Pop tumani IIB MvaFRBda:
-  Pop tumani aholisiga

Chust tumani IIB MvaFRBda:
-  Chust tumani aholisiga

Uychi tumani IIB MvaFRBda: 
-  Uychi, Chortoq tumani aholisiga

Norin tumani IIB MvaFRBda:
-  Norin va Uchqo‘rg‘on tumani aholisiga. 

Shu bilan birga, joriy yilning yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlariga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish qurilmalari o‘rnatilishi bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top