09:39 / 16.10.2019
1
15413
Pedagogika universiteti stajyor-o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.

Unda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi J.U. fuqaro X.Ya.ni Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top