Buyuk Britaniya bilan Brexit to‘g‘risidagi kelishuv payshanba kuni qabul qilinishi mumkin, deb ma'lum qildi Yevrokengash raisi Donald Tusk Polshaning TVN telekanali orqali.
"Yetti-sakkiz soatdan so‘ng hammasi aniq bo‘ladi", - dedi Tusk.
U shu bilan birga, Buyuk Britaniya tomonidan kutilmagan holatlar sodir etilishi mumkinligini istisno etmadi.
"Hammasi yaxshi ketmoqda, ammo Brexit va britaniyalik hamkorlarimiz bilan har narsa sodir bo‘lishi mumkin", - dedi Yevrokengash rahbari.
Buyuk Britaniya 31 oktabr kuni YeIdan chiqishi lozim.