10:02 / 17.10.2019
1
16593
Davlatlarning nufuzliligi bo‘yicha reytingi e'lon qilindi 
Shvetsiyaga / Foto: Getty Images

Forbes jurnali davlatlarning nufuzligi bo‘yicha yangi reytingini e'lon qildi. Reyting Reputation Institute (RI) xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilib, unga 55 ta davlat kiritilgan. 

Ekspertlar reytingni tuzishda davlatlarning iqtisodiyoti rivojlangani, hukumatlari samaradorligi va yashash uchun jozibadorligini baholashgan.

1-o‘rin Shvetsiyaga berilgan, bu davlatda korrupsiya darajasi pastligi yuqori baholangan. 2- va 3-o‘rinlarga Shveytsariya va Norvegiya loyiq topilgan. Yetakchi o‘ntalikka Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Daniya, Avstraliya, Niderlandiya va Irlandiya ham kiritilgan.

Reytingda dunyoning yetakchi davlatlaridan AQSh 36-o‘rinni, Xitoy 45-o‘rinni, Rossiya 51-o‘rinni egallagan.

Reytingning oxirgi o‘rinlarini Pokiston, Eron va Iroq egallagan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top