11:00 / 17.10.2019
0
13286
Reklama

«ECO SERGELI» – yangicha hayot hududi

Poytaxtimizning Sergeli tumanida yana bir yangi turar-joy majmuasini bunyod etish ishlari boshlandi. Qurilish ishlarida zamonaviy va yetakchi texnologiyalar qo‘llanilmoqda.

«ECO SERGELI» – Toshkent markazidan bir necha kilometr masofada joylashgan Sergeli tumanidagi turar-joy majmuasidir. «ECO SERGELI» TJ majmuasidan uy sotib olish orqali qulay va sog‘lom turmush tarzini olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

Majmua ko‘plab xonadonlarni o‘z ichiga olgan to‘qqiz qavatli uydan iborat. Imorat devorlari energiya tejaydigan, yong‘inga chidamli va ekologik toza g‘ishtdan qurilgan. Xonadonlarning zamonaviy planirovkasi esa hayotingizni qulayliklarga chulg‘aydi.

Imoratni qurishda asosiy e'tibor pardozlash materiallariga qaratilgan. Ular yetakchi mutaxassislar tomonidan maxsus tanlab olingan bo‘lib, poytaxtning quyoshli kunlari va ob-havo sharoiti inobatga olingan. Monolit-g‘ishtli uylar individual loyiha asosida qurilmoqda va kvartiralar planirovkasi yangicha, yanada qulay holatga keltirilgan.

«ECO SERGELI» uylarining tashqi ko‘rinishiga tabiiy marmardan bezak beriladi. Bu esa uzoq yillar davomida yashab turgan uyingizning ko‘rinishidan bahra olib, ta'mirlash va bo‘yoq ishlaridan xoli bo‘lish imkonini taqdim etadi. Shu bilan birga, tabiiy marmar xonadoningiz qishda issiq, yozda esa salqin bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, konditsionerni ortiqcha ishlatib, behuda pul sarflash ham shart emas.

«ECO SERGELI» – eng kichik jihatlargacha o‘ylangan loyiha. Bu yerda bolalar maydonchasi ham, shaxsiy avtomobilingiz uchun turargoh ham, ko‘kalamzor maydon va obod hovli ham bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uy hovlisi qo‘riqlanadigan hududga aylantirilib, kirish ruxsatnomasi elektron tarzda berilishi rejalashtirilgan.

Yana bir muhim jihat shundaki, xonadonlar ayvoni va derazalariga maxsus ishlab chiqarilgan, energiya tejamkor va uch kamerali «Imzo» oynalari o‘rnatiladi. Bu esa uzoq yillar samarali foydalanish, xonadoningizni havodagi zararli ajratmalardan va ortiqcha ultrabinafsha nurlardan himoyalash imkonini beradi va hayotingizni maksimal darajada qulay qiladi.

Barcha xonadonlar avtonom isitish tizimi bilan jihozlanadi, natijada har bir xonadonda alohida mikroiqlim yaratish imkoni paydo bo‘ladi. Isitish tizimini loyihalash, ishlab chiqarish, jihozlash va qurilish tizimiga kiritish bilan Yevropadan tashrif buyurgan mutaxassislar shug‘ullanmoqda. Bu esa «ECO SERGELI» uylarida istiqomat qiluvchilarga «aqlli» texnologiyalar yordamida tejash imkonini beradi.

«ECO SERGELI» joylashgan tuman xiyobonlar hududi bilan o‘ralgan, bu esa shahar markazidan bor-yo‘g‘i 10 daqiqalik masofadan tinch xonadon sotib olish mumkin, deganidir. Bu yerdan aholi uchun kerak bo‘ladigan barcha qulayliklarni topish mumkin – ko‘plab savdo markazlari, do‘konlar va maishiy xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar bor. Dam olish xiyoboni, restoran va kafelar esa «bir qadam» masofada joylashgan.

Yana bir qulaylik Janubiy temir yo‘l vokzali va mahalliy aeroportning yaqinligidir.

Ko‘plab qurilish kompaniyalari o‘z mijozlari uchun uchun aksiyalar o‘tkazmoqda. ECO SERGELI QURILISH kompaniyasi ham o‘z navbatida 2020 yilda qurilib, foydalanishga topshiriladigan «ECO SERGELI» turar-joy majmuasidan uy olish istagida bo‘lganlar uchun o‘ziga xos imkoniyat taqdim etadi.

Faqat 2019 yilning 1 dekabriga qadar xonadon sotib olishga ulguring va 10% chegirmaga ega bo‘ling. Kvartiraga ega bo‘lish uchun bunday qulay vaziyatni qo‘ldan boy bermang!

Uy hayotingizni baxtli o‘tkazishingiz uchun qulay va shinam bo‘lishi kerak hamda biz bu borada barchasini Siz uchun o‘ylab qo‘yganmiz!

Chegirma olishni istaysizmi? Ma'lum muddatga to‘lovni kechiktirishni-chi? Maslahat kerakmi?

Bizning menejyerga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil malumot oling:

+99890 322-17-77

+99890 983-07-03

Sayt: www.ecosergeli.com

Instagram: @ecosergeli    

Facebook: fb.com/ecosergeli

Telegram: t.me/ecosergeli

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top