14:08 / 17.10.2019
0
3940

Fransiya parlamenti Senati raisi O‘zbekistonga kelishi mumkin

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Fransiya parlamenti Senati raisi Jyerar Larshe O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabarida aytilgan.

Joriy yil 17 oktabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatlar munosabatlarida yangi sahifa ochganini ta'kidladilar.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Fransiya parlamenti Senati raisi Jyerar Larshe O‘zbekistonga tashrif buyurishi taklifini bildirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top