22:35 / 17.10.2019
0
5290
Kataloniya yetakchisi mustaqillik bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish zarurligini aytdi

Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi. U fuqarolarni taqiq va tahdidlar bilan o‘zlarini cho‘chitishlariga yo‘l bermaslikka chaqirgan.
        
2017 yil 1 oktyabrda Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha o‘tgan referendumda mustaqillik uchun 90 foiz ovoz berilgan. Ispaniya hukumati esa referendumni noqonuniy deb topgandi. 

Joriy yilning 14 oktyabrda Kataloniyaning ushbu referendum o‘tkazilishiga aloqador bo‘lgan 12 sobiq mansabdor shaxsi 9 yildan 13 yilgacha, umumiy hisobda 100 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu kundan boshlab muxtoriyatning ko‘plab shaharlarida, jumladan Barselonada Ispaniya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan. Kataloniyaning sobiq rahbari, Belgiyaga qochib ketgan Karles Puchdemon Ispaniya sudining qarorini qoralab, uni “rasvogarchilik” deb atagan va bunga “har qachongidan kuchliroq javob berish”ga chaqirgan.

“Ular mustaqillik haqidagi ovoz berish qutilari uchun bizni 100 yillik qamoq jazosiga hukm qilar ekanlar, javob ayondir: biz buni yana qilishimiz darkor... Ushbu parlament vakolati muddati davomida [2022 yil boshida yakunlanadi] biz o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilashimizni amalga oshirish uchun kurashaman”, deb aytgan Torra.

Avvalroq Torra Barselonadagi tartibsizliklarni qoralab, osoyishta namoyish o‘tkazishga chaqirgan edi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top