23:22 / 17.10.2019
2
14401

Qozog‘iston guruchining O‘zbekistonga eksporti 34 barobarga oshdi

2019 yil yanvar-avgustida Qozog‘iston umumiy hisobda 53,9 ming tonna guruch eksport qildi.

Bu haqda LS nashri xabar berdi. 

Ushbu mahsulotning eksportidan 15,5 mln dollar olingan. Eksport hajmi natural ko‘rinishda 5,1 foizga, pul ko‘rinishida esa 6 foizga kamaygan.

Ta'kidlash joiz, Qozog‘iston guruchi eng ko‘p hajmda O‘zbekistonga jo‘natilgan. O‘zbekistonga 6,9 mln dollarlik 22,9 ming tonna guruch sotilgan. 2018 yilning ilk 8 oyiga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 33,7 marta o‘sgan. 

Tojikiston Qozog‘istondan 4,7 mln dollarga 17,8 ming tonna, Rossiya 1,8 mln dollarga 7,7 ming tonna, Ukraina 716,2 ming dollarga 2,8 ming tonna, Turkmaniston 941,1 ming dollarga 1,4 ming tonna guruch xarid qilgan. 

Bundan tashqari, Qirg‘izistonga 163,4 ming dollarlik 680 tonna, Afg‘onistonga 76,8 ming dollarlik 272 tonna, Mo‘g‘ulistonga 81,6 ming dollarlik 143,1 tonna va Ozarboyjonga 26,8 ming dollarlik 67 tonna guruch jo‘natilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top