10:48 / 17.10.2019
0
11570
Respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi tayinlandi
Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda «O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «O‘zRTXB» AJ Kuzatuv kengashining 2019 yil 16 oktyabrdagi bayonnomasiga muvofiq Ziyoviddin Bositovich Badriddinov «O‘zRTXB» AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimini egalladi.

Ma'lumot uchun, Ziyoviddin Badriddinov o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari bo‘yicha topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sho‘'basining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

«O‘zRTXB» AJ raisi AJ faoliyatini boshqaradi, qonunlarni, Prezident qarorlarini, farmonlarini, Hukumat buyruqlarini, aksiyadorlar umumiy majlisining, Nazorat kengashining va Boshqarmaning qarorlarini bajarilishini nazorat qiladi;

o‘z faoliyatini «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni, AJ «O‘zRTXB» Nizomi va birja faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi;

«O‘zRTXB»ning ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

shtat jadvalini tasdiqlaydi, ishchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi, xodimlarga ish uchun sharoitlar yaratilishini va maoshlarini o‘z vaqtida berilishini ta'minlaydi;

AJni malakali kadrlar bilan ta'minlashda, ularning bilimi, malakasi, tajriba va qobiliyatlarini samarali qo‘llashda choralar ko‘radi; 

aksionerlarning umumiy majlisi va Nazorat kengashi uchun belgilangan muddatlarda o‘ziga tegishli sohada olib borilayotgan ishlar haqida hisobot beradi;

tegishli organlarga statistik hisobotlarning to‘liqligini va vaqtida bajarilishini ta'minlab beradi;

mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan birjada amal qiladigan ichki rasmiy hujjatlarni tasdiqlaydi;

xo‘jalik kelishuvlarini va shartnomalarini tuzadi;

barcha kredit va moliyaviy hujjatlarda birinchi imzo qo‘yish huquqiga ega;

buxgalterlik, moliyaviy hujjatlar va birjada ishlab chiqilgan kerakli hujjatlarga imzo qo‘yadi;

xodimlar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruq va farmoyishlarni chiqaradi;

masalalarni o‘z huquqlari doirasida hal qiladi va ayrim vazifalarni boshqa lavozimdagi xodimlarga – rais o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, birjaning hududiy filiallari direktorlariga topshiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top