14:17 / 17.10.2019
0
38876
Sankt-Peterburgga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti Qozonga shoshilinch ravishda qo‘ndi
Foto: KUN.UZ

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti Qozon shahriga shoshilinch ravishda qo‘ndi. 

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli, komandir havo kemasini eng yaqin bo‘lgan Qozon shahridagi aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Xabarda aytilishicha, samolyot Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bo‘yicha soat 13:40da yetib borish ko‘zda tutilmoqda.

Aviakompaniya kechikish vaqtini qisqartirish uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top