11:46 / 17.10.2019
0
4097

Suv ta'minoti korxonalari xalqaro moliyaviy institutlar qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamagan

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalari xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarini o‘z vaqtida to‘lamagan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Quyidagilar:

2014-2015 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti oldidagi hududiy “Suvoqava” DUKlar tomonidan to‘lab berilmagan qarzdorliklar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta kreditlash kelishuvlariga asosan viloyat “Suvoqava” DUKlar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorliklar uchun hisoblangan va to‘lanmagan jarimalar;

Qayta kreditlash kelishuvlariga asosan viloyat “Suvoqava” DUKlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi marjasini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazilmagan qarzdorliklar;

O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1-yarmida viloyat “Suvoqava” DUKlar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan qarzdorliklar ma'qullanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan umidsiz qarzdorliklar, hisoblangan penyalar hamda to‘lab berilgan mablag‘larni hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflariga rozilik beriladi.

2014-2015 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti oldidagi hududiy “Suvoqava” DUK tomonidan to‘lab berilmagan qarzdorliklar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta kreditlash kelishuvlariga asosan viloyat “Suvoqava” DUKlar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorliklar uchun hisoblangan va to‘lanmagan jarimalar ro‘yxati

Qayta kreditlash kelishuvlariga asosan viloyat “Suvoqava” DUKlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi marjasini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazilmagan qarzdorliklar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil va 2019 yil 1-yarmida viloyat “Suvoqava” DUKlar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan qarzdorliklar ro‘yxati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top